TerDU rektori mas’ullar hamrohligida universitet kampusida olib borilayotgan ta’mirlash va qurilish jarayonlarini yana bir bor koʼzdan kechirildi.
Xalqaro standartlarga mos tarzda qurilgan tennis korti va uning majmuasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish jarayonida qurilish materiallarining sifati o‘rganilib, sifat va dizayn masalalarida tegishli tavsiyalar berildi.
Xabaringiz bor, universitet hududidagi yo'lakchalar bo‘ylab tabiiy granit toshlari yotqizilib, imkoniyati cheklangan talabalarning xavfsiz va erkin harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Аyni vaqtda 3-, 5-TTJlarida ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Binolarning fasad qismiga issiqlikni ushlab turuvchi termoizolyatsiya xususiyatiga ega bazalt materiallari o‘rnatilmoqda.