“Kelajakka qadam”

Talaba Expo – 2025 endi  Surxondaryoda! 3-oktyabr kuni Termiz shahridagi Bobur nomidagi istirohat bog‘ida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida TalabaExpo – 2025 kasb ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. 

Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan rektorimiz davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar kelajagiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xususida to‘xtalib bir-birini to‘ldirayotgan tizimli islohotlarning natijasini hayotiy misollar bilan keltirib o‘tdi. 

Ta’kidlanganidek yaratilayotgan qulaylik va bildirilayotgan ishonchga mas’uliyat bilan fidoyilik bilan javob qaytarish kerak. 

Bu tadbir bitiruvchi talabalarning ishga joylashishida haqiqiy imkoniyat yaratadi! Ko‘rgazmada 100 dan ortiq ish beruvchilar 4449 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. 

OTM muassasalari va yirik ish beruvchi kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar ishtirokchilarda ishlab chiqarish va kasbga tayyorlash borasidagi sa’y harakatlar xususida kengroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi. 

Madaniy tadbirlar Surxon eliga xos kurash bellashuvlariga ulanib ketdi. Tom ma’noda Talaba Expo – 2025 kasb ko‘rgazmasi tadbiri yoshlar sayli bayramiga aylanib ketdi. So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra ushbu tadbir asnosida 1000 nafarga yaqin yoshlar bilan shartnomalar imzolandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 51

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil