“TalabaExpo-2025” endi Surxondaryoda!

2-oktabr kuni soat 14:00 da Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining katta majlislar zalida yoshlar hayotida katta voqea bo‘lib o‘tdi — “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi!

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari, nufuzli kompaniyalar asoschilari va yetakchi mutaxassislar ishtirok etib, talabalarga bebaho maslahatlari hamda motivatsion nutqlarini taqdim etdilar.

Ushbu ko‘rgazmada vohadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari faol ishtirok etdi. Ayniqsa, TerDU talabalari o‘zining innovatsion startap loyihalari haqida maʼlumotlar berib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Marosim nafaqat kasbiy imkoniyatlar maydoni, balki yoshlarning orzu va intilishlarini haqiqatga aylantirish sari dadil qadam bo‘ldi.

Kelajak siz bilan boshlanadi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 51

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil