TERDU UCHUN YANA BIR YUTUQ!

Surxondaryo viloyatida ilk bor tashkil etilgan “Bilimdon ustoz – 2025” viloyat olimpiadasi yuksak saviyada yakunlandi.

Olimpiadaning FIZIKA yo‘nalishi boʼyicha barcha  faxrli oʼrinlarini Termiz davlat universiteti  magistaranti va faxriy bitiruvchilari qoʼlga kiritishdi. 

1-o‘rin – Abbos Boltayev, Termiz tumani 14-maktab o‘qituvchisi, TERDU magistiranti – unga ramziy ravishda ilm va mehnatning tantanasi bo‘lgan “Damas” avtomobili topshirildi! 

2-o‘rin – Ravshan Mamadaliyev, Jarqo‘rg‘on tumani 19-maktab o‘qituvchisi, TERDU bitiruvchisi, unga esa 30 million so‘m mukofot nasib etdi! 

3-o‘rin – Elyor Meliboyev, Denov tumanidagi 108-maktab o‘qituvchisi, TERDU bitiruvchisi, u ham o‘z ilmiy mehnati uchun 20 million so‘m bilan taqdirlandi!

Matematika yo‘nalishida ham qator  vohamiz faxrli ustozlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bu yutuq nafaqat bir necha o‘qituvchining, balki butun TERDU ilmiy maktabining tantanasidir!

Bizning ustozlar – bugunning bilimdonlari, kelajakning esa buyuk yaratuvchilaridir.

G‘oliblarni chin yurakdan tabriklaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

  • 2026-10-15
  • 49

Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

Batafsil

TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

  • 2026-10-15
  • 56

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda

Batafsil

TerDU jamoasi hudud g‘olibi — respublika bosqichi ishtirokchisi!

  • 2026-10-14
  • 49

Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil