1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni oldidan OʻzLiDeP Fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot samimiy ruhda kechdi va unda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ularning natijalari hamda kelgusi ustuvor yoʻnalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Aktam Xaitov oʻz nutqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida soʻzlagan nutqida ham taʼlim sohasidagi yutuqlar alohida qayd etilganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Jumladan, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim qamrovi 27 foizdan 78 foizgacha oshirilgani, oliy taʼlim qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetgani taʼlim islohotlarining amaliy natijasidir. Bu koʻrsatkichlar mamlakat taraqqiyotining eng muhim omili — inson kapitalini yuksaltirishga qaratilgan siyosatning samarasi sifatida taʼriflandi.