Ayni kunlarda rektorimiz topshirig‘iga asosan fakultet mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlari o‘rganilmoqda.
Kecha Kimyo fakulteti professor-o‘qituvchilari va tyutorlari talabalar holidan xabar olib, ularning turmush tarziga yaqindan nazar tashladilar.
Jarayonda...
Talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari tushuntirildi.
Xonadon egalari bilan kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazish, talabalar uchun qulay va iliq muhit yaratish borasida suhbatlar o‘tkazildi.
O‘rganish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.