“Qizlarimiz huquqi – kafolatimiz” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.

Xorijiy filologiya fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Qizlarimiz huquqi – kafolatimiz” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli salbiy illatlardan asrash, oilaviy totuvlikni mustahkamlash hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuvda Termiz shahar IIB masʼul xodimlari hamda Termiz davlat universiteti profilaktika inspektorlari ishtirok etib, yoshlarga huquqiy maslahatlar berishdi.

Tadbir davomida zo‘ravonlikka uchragan ayollar taqdiri, ajrim oqibatida farzandlar hayotida yuzaga keladigan muammolar aks etgan qisqa metrajli videofilmlar namoyish qilindi. Videofilmlar talaba-qizlarda chuqur taassurot qoldirib, ularda hayotiy saboq olish va ibratli xulosalar chiqarish imkonini berdi.

Bunday uchrashuvlar talaba-qizlarning huquqiy ongi va dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 52

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 53

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil