Universitetimiz talabalariga o‘z bilimlarini aql tarozisida solish imkonini berayotgan mazkur bellashuvlar fakultetlar kesimida qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tmoqda.
Tadbirning bosh maqsadi:
Milliy qadriyatlarimizni talabalar ongida mustahkamlash;
Ma’naviy merosimizdan faxrlanish tuyg‘usini singdirish;
Bilim va zukkolikni rag‘batlantirish.
Intellektual bellashuv davomida tarix, milliy an’analar, adabiyot va madaniyatimizga oid savollar talabalar bilimini sinovdan o‘tkazibgina qolmay, ularning dunyoqarashini ham yanada boyitdi.
Bu orqali yoshlarda o‘zbek xalqining boy madaniyati, qadimiy an’analari va zamonaviy taraqqiyoti haqida kengroq tasavvur shakllandi.