2025-yil 20-sentyabr kuni Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan “Hayot uchun joy ajrating” plogging eko-aksiyasi tashkil etildi.
Volontyor talabalar tomonidan aksiyada 120 kg chiqindi yig‘ildi. Bu esa yoshlarning tabiatga bo‘lgan e’tiborini va atrof-muhitni asrashdagi mas’uliyatini yaqqol ko‘rsatdi.
Aslida, tozalik faqat “Butunjahon tozalik kuni”da emas, balki har kuni hayotimizning ajralmas qismiga aylanishi lozim.
Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan faol volontyor talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.