TerDU olimlari Xitoyda!

2025-yil 12–20-sentabr kunlari Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti tashabbusi bilan Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida uchinchi arxeologik forum va akademik almashinuv tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston, Xitoy, Tojikiston va Qirg‘izistondan jami 30 nafar olimlar ishtirok etmoqda. TerDUdan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A. Shaydullayev hamda Arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi U. Shapulatov qatnashmoqda.

Olimlar Yorg‘ul (Jiaohe), Idqut (Gaocheng), Turfon korizlari, buddaviylik g‘or ibodatxonalari, Hami muzeyi kabi qadimiy yodgorliklarni o‘rganib, ularning Ipak yo‘lidagi o‘rni haqida ilmiy muhokamalar olib bormoqda.

Forum davomida yangi qo‘shma ilmiy loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, TerDU professorlari Xitoyning QS-300 reytingidagi yetakchi universitetlarida ma’ruza o‘qishga taklif etildi. Xalqaro arxeologik hamkorlik izchil davom etmoqda!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 53

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil