Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasida TerDUda “Eco-innovations-2025” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda 50 dan ortiq iqtidorli talabalar ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalari bilan ishtirok etdilar.
Loyiha yo‘nalishlari quyidagilar bo‘yicha saralandi:
Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish loyihalari
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalari
Innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar loyihalari
Ko‘rgazma yakunida g‘olib deb topilgan istiqbolli loyihalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin (3 nafar) — 6 million so‘mdan
2-o‘rin (3 nafar) — 4 million so‘mdan
3-o‘rin (3 nafar) — 2 million so‘mdan
Bunday tanlovlar universitet talabalarining ilmiy loyihalarini tijoratlashtirishga, shuningdek hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.