Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ta’lim jarayonlari, shuningdek bitiruvchilarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
A.Toshqulov fakultetlar kesimida Vazirlar Mahkamasining joriy yil 13-sentabrdagi 578-son qarori mazmun mohiyatini yuzasidan taqtimod oʼtkazish, KPI ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda dars taqsimotini shakllantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Yig‘ilishda qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishni xohlovchi talabgorlardan bilim sinovlarini adolatli va shaffof tashkil etish, taʼlim yoʼnalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarning ma’naviy-ma’rifiy hayotini yanada boyitish, intellektual bellashuvlar va sport musobaqalarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mas’ullar ishtirokida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ni munosib bayram sifatida nishonlash rejalari ham belgilab olindi.