2025-yil 12–14-sentabr kunlari Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida poytaxtimiz bo'ylab madaniy-ma’rifiy sayohat uyushtirishdi.
Sayohat davomida jamoamiz:
Tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurdi
Mustaqillik yillarida bunyod etilgan zamonaviy inshootlar bilan yaqindan tanishdi
Madaniyat maskanlari va ziyoratgohlarni ko‘zdan kechirdi
Koʼngil ochar manzillarda boʼlib, attraksionlarda uchishdi.
Ma'lumot o'rnida, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning sayohat xarajatlari universitet kasaba uyushmasi tomonidan ta’minlandi.