Bugun universitetimiz ilmiy salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib, izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan 39 nafar fan doktorlariga ilmiy unvonlari tantanali ravishda topshirildi.
Marosimda taʼkidlanganidek bu soʼngi 5-6 oy ichidagi harakat mehnatlar natijasidir. Rektor ustozlarning ilmiy faoliyatdagi yutuqlarini alohida e’tirof etib, nafaqat universitet, balki mamlakat ilmiy salohiyatini yuksaltirishdagi xizmatlarini ta’kidladi. Shu bilan birga, ustozlar zimmasidagi mas’uliyat yanada ulug‘ ekani qayd etildi.
Ilmiy izlanishlari va yutuqlari bilan yosh avlodga ibrat bo‘layotgan ustozlarimizni chin qalbdan tabriklaymiz!