TerDUning 2024/2025 o‘quv yili yakuni va yangi o‘quv yilida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar

Muhtasham sanʼat saroyida TerDUning 2024/2025 o‘quv yili yakuni va yangi o‘quv yilida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan, universitet Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi.

Universitet Kengashi a’zolari, soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, rektorat xodimlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchi va tyutorlar ishtirok etgan yig‘ilishda universitet rektori yakunlangan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Avvalo, barchani yaqindagina nishonlangan mustaqilligimizning 34-yillik bayrami bilan tabriklab, istiqlol bergan ne’matlar qolaversa, islohotlar boshida turgan muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida bagʼrikenglikka asoslangan tashqi siyosat, ijtimoiy hayotimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni tahliliy misollar bilan keltirdi.

Ma’ruzada universitet o‘qituvchilarining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan bosqichma-bosqich, bir-birini to‘ldirayotgan chora-tadbirlar natijasi va bugunga kelib, e’tirof etishga arzigulik sharoitlar real ma’lumotlar asosida urg‘ulandi.

“Mana shu natijalar istiqlolning, qolaversa, Muhtaram Prezidentimizning siyosatlarining mevasi. Bizdan faqat shukronalik, yurtga sadoqat, fidoiylik, samaradorlik, mehnat talab etilmoqda.” dedi A.Toshqulov.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 53

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil