Universitetimizda AQShlik mutaxassis ingliz tili fanidan o'quv mashg'ulotlarini olib boradi.

AQSh elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo'limi (RELO) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rasmiy uchrashuv davomida AQSh elchixonasi bilan amalga oshirilgan loyihalarga to'xtab o'tildi va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

2025–2026 o‘quv yilida universitetimizda "English Language Fellow" dasturi doirasida faoliyat olib boruvchi Kinsey Norton xonim rahbariyat, xorijiy filologiya fakulteti jamoasi va talabalarga tanishtirildi, davra suhbati o'tkazildi. Kinsey Norton shu vaqtga qadar AQSh, Litva, Rossiya va Qirg'iziston ta'lim dargohlarida ingliz tili bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini olib borgan.

"Universitetingiz talabalari bilan ularning ingliz tili, ayniqsa, gapirish va yozish ko'nikmalari ustida ishlashni niyat qilganman. O'ylaymanki, fakultet jamoasi ham meni yaxshi qabul qiladi, yuqori natijalarni birgalikda qayd etamiz. Shuningdek, talabalarni o'zim tashkil etadigan "Speaking Club" ga taklif etaman", - deya ta'kidladi Kinsey Norton.

Ma'lumot o'rnida, elchixona tomonidan yuborilgan ETA dasturi bo'yicha AQShlik mutaxassis Christopher Cowan 2021-2022 o'quv yilida universitetimizda faoliyat olib borgan edi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 53

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil