Bugun Termiz davlat universitetida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan "Zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan favqulodda vaziyatlarda ob'ekt tuzulmalarining toʼgʼiri harakati" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar va talabalarga tabiiy hamda texnogen koʼrinishdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga oid eslatmalar tarqatildi va kuz-qish mavsumini talafotlarsiz, xavfsiz o‘tkazish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shundan soʼng maxsus taktik oʼquv mashqiga start berildi.
Bunday tadbirlar talaba-yoshlar va pedagog xodimlarning ogohligini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.