“Xon atlas” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Bugun Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida “Xon atlas” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda milliy liboslarimiz — xon atlas, adras va boshqa bezakli kiyimlar namoyish etilib, ularning betakror go‘zalligi va tarixi haqida talabalarga qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Ushbu tadbir milliy qadriyatlarni qadrlash, an’analarni asrab-avaylash, yoshlar estetik didini shakllantirish va milliy o‘zligimizni mustahkamlashga xizmat qildi.

“on atlas — milliy g‘ururimiz, ajdodlar merosi va xalqimiz ko‘zgusidir” g‘oyasi tadbirning bosh shiori bo‘ldi.

Shuningdek, “Birinchi kurs maktabi” doirasida Milliy liboslar kuni munosabati bilan ziyorat va sayohat tadbiri tashkil etildi. Unda talabalarimiz milliy liboslarda muqaddas qadamjolarda bo‘lib, buyuk allomalarimizning ilmiy merosi, islom sivilizatsiyasidagi o‘rni hamda bugungi yoshlar uchun qoldirgan ma’naviy saboqlari haqida chuqur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 53

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil