TerDUda 2025–2026 o‘quv yili uchun faol va tashabbuskor talabalarni saralash jarayoni bo’lib o’tdi.

TerDUda 2025–2026 o‘quv yili uchun Yoshlar kengashining yo‘nalish koordinatorligi, fakultet koordinatorligi hamda media klub koordinatorligi uchun faol va tashabbuskor talabalarni saralash jarayoni bo’lib o’tdi.

Yoshlar kengashining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlar suhbat asosida tanlab olindi:

Besh tashabbus loyihalar koordinatori;

Intellektual loyihalar koordinatori;

Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;

Harbiy vatanparvarlik yo‘nalishi koordinatori;

Yoshlar daftari va metsenatlik loyihalar koordinatori;

Talaba-qizlar yo‘nalishi koordinatori;

Fakultet koordinatorligi uchun nomzodlar esa fakultetning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tavsiyasi asosida belgilandi.

Tanlab olingan yoshlar suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib, kelgusida har oy bazaviy stipendiyaning 3 barobari miqdorida rag‘batlantirib boriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 53

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil