Termiz davlat universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Normurodova Zarifa Ro'ziqulovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "O‘zbek tili" ixtisosligidan "O'zbek tilidagi epitetlarning lingvopoetik tadqiqi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Zarifa Ro'ziqulovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!