Ma’lumot o‘rnida ayni damda universitetning 13 ta manzilida qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mutasaddilar jarayon bilan tanishish asnosida quruvchilarga sifat va dizayn bilan bog‘liq e’tirozlarini bildirib, o‘z taklif va tavsiyalarini o‘rtaga tashlashdi. So‘ngi pardozlash jarayonida turgan majlislar zali va oshxonani shinam qulay va zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha kengashilgan holda ko‘rsatmalar berildi.
Kimyo fakultetining old maydonida xorijiy universitetlardagi singari so‘lim yashil hududlar tashkil etish bo‘yicha ham vazifalar belgilab olindi.
Rektor ko‘rsatmasiga asosan, yana sanoqli kunlardan so‘ng, foydalanishga topshiriladigan fitnes zalida kerakli sport anjomlari o‘rnatilib, sovitish tizimlari risoladagidek tashkil etiladi. Ta’kidlandiki, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi.