Termiz davlat universiteti 1-kurs talabalari uchun spektakl namoyish etildi.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri sahnasida Termiz davlat universiteti 1-kurs talabalari uchun spektakl namoyish etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni teatr san’atiga jalb etish va eng muhimi, yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Talabalar sahnada namoyish etilgan “Xazon bo‘lgan umrlar” spektaklini katta qiziqish va diqqat bilan tomosha qildilar.

Asarda ekstremizm va turli yot g‘oyalarning inson taqdiri va jamiyat hayotiga olib keladigan mudhish oqibatlari yorqin badiiy ifoda etildi. Asar qahramonlari orqali yoshlar ongida vatanparvarlik, ma’naviy barqarorlik va sog‘lom dunyoqarash g‘oyalari yanada mustahkamlandi.

Bunday teatr namoyishlari talabalarning madaniy va ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga undash hamda yot g‘oyalarga qarshi ma’rifiy kurashda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 53

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil