Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 15-bandiga muvofiq,“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida talaba-o‘quvchilarni maxsus dasturlar asosida o‘qitish belgilangan.
Shunga asosan, hozirgi kunlarda TerDUning barcha fakultetlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Kurs davomida asosiy e’tibor:
talabalar orasida korrupsiyaga nisbatan huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, korrupsiya xavf-xatarlarini tushuntirish, unga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy bilimlarni oshirishga qaratildi.
Agar siz universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, murojaat qilishingiz mumkin:
Ishonch telefoni: 76-221-77-10
Telegram bot: @TerDUantiCorruption_bot
Uyali aloqa telefonlari: 91-575-20-01, 93-799-01-01
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!