Termiz davlat universitetida “Birinchi kurs maktabi” doirasida turli yo‘nalishlarda qiziqarli va mazmunli tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Xorijiy filologiya fakulteti talaba-qizlar hamda Viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari o‘rtasida 1-tur “ZAKOVAT” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Aqliy bellashuv orqali eng bilimdon ishtirokchilar nomi aniqlandi va ular munosib tarzda taqdirlandi.
Shuningdek, Milliy gvardiya huzuridagi “Qorabayir otlari mahorat maktabi”da 1-kurs talaba-qizlari o‘rtasida otda yugurish musobaqasi tashkil etildi.
Bellashuv juda qizg‘in va ta’sirli ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Birinchi kurs maktabi” tadbirlari talaba-yoshlarning bilim, ma’naviyat va sport sohasida o‘z iqtidorini namoyon etishiga xizmat qilmoqda.