Termiz davlat universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Kultayeva Fazilat Baxtiyarovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "O‘zbek tili" ixtisosligidan "Surxondaryo viloyati ergonimlarining lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
.jpg)
Universitet jamoasi nomidan Fazilat Baxtiyarovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!