Unda soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim rahbarlari ishtirok etishdi. Dastlab, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Shuningdek, “Kredit modul haftaligi”, “Birinchi kurs maktabi” hamda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot taqdim etildi.
Yig‘ilishda universitet kampusida olib borilayotgan joriy ta’mirlash va kapital rekonstruksiya jarayonlari holati muhokama qilindi.
A.Toshqulov universitet xo‘jalik boshqaruvida autsorsing xizmatlaridan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratib, uning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni keltirdi. Mutasaddilarga autsorsing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taqdimot tayyorlash hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib, xodimlar faoliyatini optimallashtirishga oid takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi.