Termiz davlat universitetida talabalar ishtirokida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning nomini e’zozlash hamda xotirasini abadiylashtirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet birinchi prorektori hamda fakultet mas’ullari so‘zga chiqib, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiy saqlash – bu tarix oldidagi muqaddas burchimiz ekanini ta’kidladilar.
“Ular erkinlik va adolat yo‘lida jonini fido qilgan yurt fidoyilaridir. Ularning jasorati va merosi yosh avlod ongiga singdirilishi zarur”, – deya qayd etildi suhbatlarda.
Tadbir doirasida ishtirokchilar universitet tarkibida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” ekspozitsiyalari bilan ham tanishdilar.