Ayni paytda Termiz davlat universiteti registrator ofisi direktori hamda bo‘lim boshliqlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
.jpg)
Mazkur o‘quv jarayonida Termiz davlat universiteti tajribasi barcha ishtirokchilarga taqdimot shaklida namoyish etildi.
.jpg)
Ushbu taqdimot orqali universitetda registrator ofis faoliyatini samarali tashkil etish, zamonaviy boshqaruv va innovatsion yondashuvlar, ta’lim xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar keng yoritildi.
.jpg)