TerDU — qulay va zamonaviy kampus sari!

Bugun viloyat hokimi U.Qosimov TerDUga qarashli qiymati 36,1 milliard so‘mlik, 9 qavatli, 800 o‘rinli yotoqxona qurilishi jarayoni bilan tanishdi. Viloyat rahbari mazkur obyektni belgilangan muddatda va yuqori sifatda topshirish muhimligini ta’kidladi.

Ma'lumot o‘rnida, TerDU kampusi qariyb 20 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, unda:
 10 ta o‘quv binosi;
 7 ta talabalar turar joyi;
 2 ta sport majmuasi;
 o‘quv-amaliyot bazasi;
 xalqaro talablarga mos stadion;
 axborot resurs markazi mavjud.

Ushbu inshootlarning barchasi 4500 metr uzunlikdagi yo‘laklar orqali o‘zaro bog‘langan.

Rektor topshirig‘iga asosan, kampusdagi barcha yo‘laklarda bosqichma-bosqich g‘arb arxitekturasiga mos asrlar davomida saqlanib turadigan tabiiy granit toshlari yotqizilmoqda. Qurilish jarayonida  imkoniyati cheklangan talabalarning ham xavfsiz va erkin harakatlanishi  uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Albatta bu kabi tashabbuslar TerDUni GreenMetric kabi xalqaro reytinglarda qayd etilishini ta’minlaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 53

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil