“Birinchi kurs maktabi” davom etmoqda!

Bugun Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakultetida “Ayol hayoti – ijod, mehnat, fidoyilik!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda o‘zining ilmiy va kasbiy faoliyati bilan yoshlar uchun ibrat bo‘layotgan ayollar, shuningdek, talabalik davridayoq yutuqlarga erishgan izlanuvchan qizlarimiz faxriy mehmon sifatida ishtirok etishdi:

“Shuhrat” medali sovrindori Dilbar Qodirova;

TerDU dotsenti, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Aziza Xolboyeva;

“1-sonli Oilaviy poliklinika” bosh shifokori Ozoda Jo‘rayeva;

“Yil talabasi” sovrindori Aziza Mahmudova;

Mehmonlar talabalarga bilim olish, mehnatsevarlik va fidoyilikning hayotdagi ahamiyati haqida qimmatli maslahatlar berishdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda ijtimoiy faollikni oshirish va yuksak maqsadlarga erishishda mustahkam ruhiy turtki bo‘lib xizmat qiladi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 55

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 55

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil