Termiz davlat universiteti doktoranti Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna “Yog‘ochni himoyalovchi antipiren-antiseptik olish usuli” nomli ixtirosi bilan mazkur nufuzli tanlovda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, universitetimiz tayanch doktoranti Bozorov Yoqubjon Sherali o‘g‘li o‘zining “Mahalliy xom-ashyolar asosida ionalmashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar olish” nomli loyihasi bilan Tanlovning Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan dolzarb muhandislik yechimlarini taqdim etgan ishtirokchi sifatida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etildi.

Tadqiqotchilarimizga keyingi faoliyatlarida yuksak natijalarga erishishlarini tilab qolamiz.