TerDUda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi 197-son buyrug‘i asosida 2025/2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada boshlash maqsadida vazirlik ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur jarayonda Termiz davlat universitetidagi moddiy-texnika bazasi, o‘quv auditoriyalari, talabalar turar joylari hamda talaba-yoshlarni joylashtirish holati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida quyidagilar qayd etildi: Auditoriyalarda o‘quv jarayonlarini zamonaviy sharoitda olib borish uchun zarur jihozlar mavjudligi;

Talabalarni turar joylarga joylashtirish jarayoni belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilgani;

Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik qoidalariga rioya etilayotgani;

Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash uchun zarur tashkiliy choralar ko‘rilgani.

Ishchi guruh a’zolari mavjud imkoniyatlarni yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va talabalar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 56

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil