Bugun TerDUda 2025/2026 o‘quv yili bo‘yicha birinchi Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Dastlab Kengash raisi A.Toshqulov Kengash a’zolari, prorektorlar, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari qarshi olayotganimiz mustaqilligimizning 34-yilligi bilan barchani muborakbod etib, shukronaligimizni oshiradigan istiqlol ne’matlarini sanab o‘tdi.

Rektor: O‘zbekiston OTM orasida birinchilardan bo‘lib, Termiz davlat universiteti raqamli boshqaruvga erishdi. Bu albatta zamon bilan hamnafas odimlash borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarimizning mahsuli unda sizlarning ham katta hissalaringiz bor.

Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Kengash yig‘ilishi kun tartibida qo‘yidagi masalalar muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yilligini munosib kutib olish, universitet fakultetlari, akademik litsey va texnikumlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda ularda professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish to‘g‘risida;

Termiz davlat universiteti Kengashining 2025/2026 o‘quv yili tarkibi hamda ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi «Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 149-son qarorida berilgan topshiriqlarning universitetda bajarilishini ta’minlash to‘g‘risida;

Universitetning 2025/2026 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

Yig‘ilish davomida taomilga ko‘ra universitet Kengashi a’zolarining tasdig‘idan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan turli masallar muhokama etilib, yakunda Kengashning qarori qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 56

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil