Termiz shahridagi muhtasham san’at saroyida asosan bitiruvchi talabalar uchun mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan "Xorijda ish" mehnat yarmarkasi Termiz shahridagi San’at saroyida o‘tkazildi.

Tadbirda eng ishonchli 15 ta xorijiy bandlik agentliklari va to‘g‘ridan to‘g‘ri ish beruvchilar o‘z vakant ish o‘rinlarini taqdim etdilar.

Qatnashchilar xorijda qonuniy mehnat migratsiyasi tartiblari, ish haqi va mehnat shart-sharoitlari, zarur hujjatlarni tayyorlash jarayonlari, mehnat shartnomalari va huquqiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

TerDU bitiruvchilari ham tadbirda faol ishtirok etib, ishonchli va xavfsiz agentliklarni tanlash, xorijda ishlash tajribalari va imkoniyatlari haqida bevosita mutaxassislardan maslahatlar oldilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarimizning bandligini ta’minlashda, ularning kelajakda munosib ish va tajriba topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, mehnat yarmarkasi bugun Denov shahridagi Eko bog‘i da ham tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 56

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil