TerDU ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarish bilan bog‘lash, ularni real iqtisodiyotga olib kirish tashabbusi mezboni

Xabaringiz bor Termiz davlat universiteti Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan grafik asosida  "INNOWEEK – 2025" haftaligi doirasida “Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi” tadbiriga mezbonlik qilmoqda.

Ilmiy tadqiqot markazida viloyatimizdagi barcha OTMining loyiha planshetlari va prototip vositalari ko‘rgazmasini tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Professor-o'qituvchilar, doktorant, magistrant, mustaqil tadqiqotchi va izlanuvchilarni bir manzilda jamlagan tadbir kutilganidek ishtirokchilarni yangi maqsad va ulkan rejalar sari ruhlantirdi. 

E’tiborli tomoni tadbir asnosida ilmiy ishlanmalarni tadbirkorlar va investorlar bilan hamkorlikda real loyihalarga aylantirish bo‘yicha seminar trening mashg‘ulotlari ham tashkil etildi.

 Ma’lumot o‘rnida hozirda TerDU Ilmiy tadqiqot markazida 30 ga yaqin ilmiy ishlanmalar ustida ish olib borilmoqda.  Bugungi kunda shulardan bir nechtasi, jumladan: EkoGidrogel, avtomobil yo‘l bo‘yoqlari, bazalt asosli quvurlar va oltingugurtli beton loyihalari sanoat zonalarida ishlab chiqarishga qo‘yilib, iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 56

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil