Unda fakultetlarning professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari faol ishtirok etishmoqda.
Hashar davomida hududdagi daraxtlar tagi yumshatilib, oqlandi, auditoriyalar esa yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlandi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olinib, ularning uy-joylarini obodonlashtirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Ushbu ezgu tashabbus yurtimizda ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash, shuningdek fuqarolarning jamoatchilik ishlarida faolligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘lib xizmat qildi.