Termiz davlat universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalar beruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda TerDU rektori, mazkur ilmiy kengash raisi Abduqodir Toshqulov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti mustaqil izlanuvchisi Bahriddin Boltayev “Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Tadqiqotchini ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!