Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi bayramiga tayyorgarlik jarayonida, atrof-muhitni asrab-avaylash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida bugun va ertaga mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli hashar yumushlari bajariladi.
Ezgu amal yo‘lida yeng shimargan TerDU professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari kampus hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, jamoaviy birdamlik va hamjihatlikni ko‘rsatishmoqda.
Eʼtiborli tomoni har bir fakultetda hashar oshi tashkillashtirilayotgani qadim anʼana va qadriyatlarimiz bardavomligiga xizmat qilmoqa.
Siz ham hasharda faol ishtirok etib, vatanimizning obod bo‘lishi, kelajagimiz uchun ekologik musaffo muhit yaratishga o‘z hissangizni qo‘shing!