Bugun universitet rektori A.Toshqulov boshchiligida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari hamda boshqarma va bo‘lim mas’ullari ishtirok etishdi.
Dastlab kuni-kecha Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda ta’kidlangan tanqidiy va tahliliy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berildi. Yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi, tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish davomida:
abituriyentlarni qabul qilish natijalari;
yangi o‘quv yiliga yangicha yondashgan holda tayyorgarlikning borishi;
o‘quv kontentlarning ishlab chiqilganligi va tegishli platformaga joylanganligi;
talabalarni munosib kutib olish, zarur sharoitlar yaratish;
talabalar shartnoma to‘lovlarining amalga oshirilishi, akademik qarzdorlik;
birinchi yarim yillikda xorijiy investitsiya holati;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish kabi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 22–23-avgust kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hasharini bayramona ruhda va uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakukunida o‘tgan o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ijobiy ishlar sanab o‘tildi va bu natijalarga hissa qo‘shganlar alohida e’tirof etildi.