Kimyo fakultetida ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan "Amaliy kimyo laboratoriyasi" to‘garagi talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, shuningdek, ularning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur to‘garakda talabalar quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda:
Nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash;
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ishlashni o‘rganish;
Amaliy tadqiqotlarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

"Amaliy kimyo laboratoriyasi" to‘garagi – bu nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, talabalar kasbiy mahoratini shakllantirish zamin yaratmoqda.
U kelajakda raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
