Yosh tarixchilar 4-yozgi o‘qishlari Bo‘stonliqda start oldi!

17–25-avgust kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilayotgan yosh tarixchilarning an’anaviy yozgi o‘qishlari doirasida TerDU professor-o‘qituvchilari tomonidan qiziqarli mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Dasturning birinchi kunida tarix fanlari doktori, professor Shopo‘lat Shaydullayev “Qadimgi Turon aholisida tafakkurning tug‘ilishi: moddiy manbalar, yangi qarashlar, tarixning o‘qilmagan sahifalari” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Odiljon Hamidov “Turonning miloddan avvalgi VI–IV yuzyilliklar moddiy madaniyati va diniy dunyoqarashi” mavzusida mahorat darsini o‘tdi.

Yosh tarixchilar uchun ushbu darslar tarixiy bilimlarni yanada chuqur anglash, ilmiy dunyoqarashni boyitish va yangi tadqiqotlar uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil