Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda . Talabalar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida bir qator qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Obodonlashtirish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalar orqali universitet yangi qiyofaga o‘tmoqda. Talabalar sayilgohi, tennis kortlari va yangi yotoqxona kabi inshootlar bilan universitet muhitini yanada yaxshilash rejalashtirilgan.
Bu jarayonlar talabalarimiz uchun qulay va ijodiy muhitni ta’minlaydi, shuningdek, ta’lim va sport sohalarida yangi imkoniyatlar yaratadi. Xulosa qilib aytganda, TerDUda yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga dadil qadamlar tashlanmoqda.