Axborot texnologiyalari fakultetida “3D modellashtirish” va “Xalqaro robototexnika musobaqalariga tayyorlash” yo‘nalishidagi to‘garak mashg‘ulotlari faoliyat yuritmoqda.
Ishtirokchilar AutoCAD va 3D Max dasturlarida ishlash bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lishmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar o‘z ijodkorligi va qiziqishini namoyon etib, 3D modellashtirish ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Texnologiya olamiga bir qadam yaqin!