Xabaringiz bor joriy yilning 25-iyul kuni davlatimiz rahbari tomonidan “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni imzolangan edi.
Universitet prorektorlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda ijro intizomiga mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tdigan yig‘ilishda maskur Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi hamda undan kelib chiqadigan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish slaydlar orqali sodda va tushunarli tarzda tashkil etildi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomini oshirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ham muhokama qilindi.