TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda prorektorlar, boshqarma boshliqlari, bo‘lim mudirlari hamda kun tartibiga daxldor mas’ullar ishtirok etdi.

Dastlab, rektorimiz joriy yilning 8-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish tafsilotlarini bayon etdilar.

Jarayonda davlatimiz rahbari tomonidan OTMlar oldiga qo‘yilgan vazifalar, belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, ularni tizimli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati yuzasidan taqdimot qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025–2026 o‘quv yilidan:

ta’lim yo‘nalishlarining 70 % TOP-300 talikka kirgan OTMlarning o‘quv dasturlari joriy etiladi;

10 ta ta’lim yo‘nalishi xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlanadi;

28 ta kafedra filiallari korxona va tashkilotlarda tashkil etiladi;

xorijiy talabalar soni 2 000 nafarga yetkaziladi;

har bir fakultetda 1 tadan “smart” auditoriya tashkil etiladi;

TOP-1000 talik xorijiy OTMlardan 50 nafar professor-o‘qituvchilar jalb etiladi;

ma’ruza mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish maqsadida 50 ta monitor, 10 ta zamonaviy doska, 25 ta e-minbar va 5 ta 3D printer xarid qilinadi.

Yig‘ilish yakunida rektorimiz belgilangan vazifalar ijrosini sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil