Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida 4–14-avgust kunlari Koreya Merosi Agentligi hamkorligida tashkil etilgan “I-Yozgi arxeologiya maktabi” o‘quv dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda:
GPR – yer osti tuzilishini radiolokatsiya yordamida o‘rganish;
Uchuvchisiz uchish qurilmalari (dronlar) orqali arxeologik yodgorliklarni aniq va xavfsiz kuzatish;
3D skaner – tarixiy obidalarni raqamlashtirish;
Taxeometr – topilmalarni yuqori aniqlikda o‘lchash;
Madaniy meros sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llash;
Restavratsiya va konservatsiyada zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish;
Laboratoriya ishlari: X-ray va P-XRF usullari orqali topilmalarni tahlil qilish.
Termiz davlat universiteti Ilmiy tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Shapulatov Ulug‘bek Xoltojiyevich ham mazkur o‘quv dasturida faol ishtirok etib, yangi amaliy va laboratoriya ko‘nikmalarini egallamoqda.