Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi Turopova Nigora Xolmurod qizi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Moliya, pul muomalasi va kredit" ixtisosligidan “Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda biriktirilgan va tartibga soluvchi soliqlarning muvofiqligini ta'minlash muammolari” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Nigora Xolmurod qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!