TerDUda “Dolzarb qirq kunlik” doirasida talabalarni turar joyga joylashtirish ishlari izchil tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 1-avgustdagi 279-sonli buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish maqsadida 2025-yil 1-avgustdan 10-sentyabrga qadar “Dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida talabalarni turar joylarga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazlari (infokiosklar) tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi.

Infokiosklar orqali talabalarga turar joylarga joylashish bilan bog‘liq barcha masalalar yuzasidan tushuntirishlar, maslahatlar va amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Markazda kelib tushayotgan barcha savollarga tezkor javob berilib, talabalarga kerakli ko‘maklar taqdim etilmoqda.

Ayni kunga qadar universitetda onlayn shaklda jami 577 ta ariza qabul qilindi. Arizalar elektron tarzda ro‘yxatga olinib, tizim orqali tahlil qilinayotgan bo‘lib, talabalarning ijtimoiy holati, masofaviylik darajasi va boshqa mezonlar asosida turar joylarga joylashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Termiz davlat universiteti rahbariyati tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasidagi barcha vazifalarni samarali va shaffof tashkil etish, har bir talabaning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olish hamda salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 41

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 57

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil