Ushbu loyihada xorijiy tillarni o'qitishdan tashqari talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, shaxmat-shashka, kibersport va kitobxonlik mashg‘ulotlari ham tashkil etilgan
Til to‘garaklarida ishtirokchilar ingliz, rus, nemis va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishmoqda, balki amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashish orqali oʻz ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Mashg‘ulotlar malakali o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgani esa darslarni yanada qiziqarli va samarali qilmoqda.
Bu kabi tashabbuslar yoshlarning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, ularni global bilim maydoniga samarali integratsiyalashishiga xizmat qilmoqda.