Qozogʻistonda yengil atletika boʻyicha o‘tkazilgan World Athletics Continental Tour – XXXIV Gusman Qosanov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musobaqada universitetimiz faxri ishtirok etdi!

Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabasi Roʻziyeva Mohinabonu ushbu nufuzli bellashuvda munosib ishtirok etib, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Mohinabonuning bu yutugʻi – nafaqat universitetimiz, balki yurtimiz sport sohasi uchun katta gʻurur!
Mohinabonu Roʻziyevani ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda yanada yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz!